Autsorsing kompaniyalari uchun
asosiy yo‘nalishlar

Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
va qo‘llab-quvvatlash

Logistika

Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va mijozlarni
qo‘llab-quvvatlash

Reklama yaratish

Buxgalteriya hisobi

Boshqa ko‘plab yo‘nalishlar

IT-Park rezidentlari uchun soliq
imtiyozlari va preferensiyalar

  • 0%
    Barcha turdagi soliqlardan to‘liq ozod bo‘lish
  • 0%
    Bojxona to‘lovlaridan ozod bo‘lish
  • 7,5%
    Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
    solig‘i stavkasi
  • 5%
    Xorijiy kompaniyalar uchun
    dividend solig‘i
  • Chet el valyutasida dividendlar to‘lash
  • Chet el valyutasida ish haqi to‘lovlari
  • Chet ellik mutaxassislarga ishlash uchun
    ruxsatnoma talab etilmaydi

IT-Park kompaniyalarga yordam ko‘rsatadi

Biznesni ochish

Xodimlarni qidirish
va tanlash

Ofislarni qidirish
va tanlash

Ofisni 50 kishigacha bo'lgan
jihozlar va mebellar bilan jihozlash

Birinchi 6 oy uchun
imtiyozli ijara.

Mutaxassislar tayyorlash uchun
imtiyozli kredit

Zarur hollarda davlat muassasalari
bilan ishlash

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxati

  • 1. Har qanday platformalar uchun dasturiy ta’minotni, shu jumladan kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish, loyihalash hamda ularni sotish (shu jumladan, dasturiy ta’minotdan foydalanishga ruxsat berish, dasturiy ta’minotning mutlaq huquqini berish (taqdim etish).
  • 2. Dasturiy mahsulotni takomillashtirish hamda modifikatsiya qilish.
  • 3. Axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonida ma’lumotlar bazalarini yaratish, ushbu ma’lumotlar bazalari uchun yozuvlarni belgilangan formatda tayyorlash hamda ularga kirishni ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish.
  • 4. Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta ishlash faoliyati.
  • 5. O‘z dasturiy ta’minotida reklama uchun joy taqdim etish yoki dasturiy ta’minotning xususiyatlaridan foydalangan holda boshqa qo‘shimcha daromad olish.
  • 6. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
  • 7. Yuridik shaxslarning axborot ehtiyojlarini tahlil qilish (tizimli tahlil, biznes-tahlil) hamda biznes-jarayonlarni innovatsiya (reinjiniring) qilish maqsadida axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni joriy qilish uchun texnik talablarni ishlab chiqish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha maslahat berish.
  • 8. Axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, joriy qilish va ularni foydalanishga topshirish jarayonida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari va texnik talablariga muvofiqligini audit qilish.
  • 9. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotda uchinchi shaxs so‘roviga binoan ma’lumotlarni qidirish, tanlash, qayta ishlash va saralash hamda ularga axborot taqdim etish bo‘yicha avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish..
  • 10. Dasturiy ta’minotdan (dasturiy-apparat vositalaridan) foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga yordamchi ishlab chiqarish, ma’muriy va biznes jarayonlarni boshqarish (amalga oshirish) bo‘yicha xizmat ko‘rsatish (biznes-jarayonlarni autsorsing qilish).
  • 11. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan materiallar, texnologiyalar, mikro-, opto- va nanoelektronika, mikroelektrotexnika tizimlari hamda ular bilan mos keluvchi dasturiy ta’minotni sotish.
  • 12. Ma’lumotlarni uzatish tizimlari, texnologiyalar, qurilmalar va radiolokatsiya tizimlari, radionavigatsiya, radioaloqa, radioboshqaruv, radiochastota identifikatsiya uskunalarini ishlab chiqish (tadqiqot o‘tkazish, loyihalash (qurish), test qilish hamda texnik sinovdan o‘tkazish) va bunday ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarish yoki ushbu xizmatlarni ko‘rsatmasdan turib o‘zlashtirilgan holda sotish xizmatlari.
  • 13. Yuqori texnologiyali qurilmalar va tizimlar, dasturiy-apparat vositalari va ular bilan mos keluvchi dasturiy ta’minotni (sanoat xarakteriga bog‘liq bo‘lmagan holda) ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishning alohida bosqichlari (tadqiqot o‘tkazish, loyihalash, prototiplash, sinovdan o‘tkazish) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va (yoki) ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki xizmat ko‘rsatmasdan sotish.
  • 14. Axborotni texnik va (yoki) kriptografik, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalanish orqali himoya qilish faoliyati.
  • 15. Bir-biri va tashqi muhit bilan o‘zaro muloqot qilish uchun o‘rnatilgan texnologiyalar bilan jihozlangan jismoniy obyektlarning hisoblash-kommunikatsiya tarmog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish, joriy qilish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar.
  • 16. Texnopark direksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ta’lim berish faoliyati.
  • 17. Internet jahon axborot tarmog‘i orqali axborot xizmatlarini eksport qilish.
  • 18. Dasturiy ta’minotni joriy etish yoki joriy etishda alohida bosqichlarni amalga oshirish, qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu dasturiy ta’minot bilan ishlash (malaka oshirish)ni o‘rgatish xizmatlari..

Nomzodlar uchun imkoniyatlar

Qulay ofis

Barqaror daromadli ish

Oliy maʼlumot talab
qilinmaydi

Moslashuvchan ish
jadvali

Martaba oʻsishi

Xalqaro kompaniyalar bilan
ishlash tajribasi

Nomzodlarga qo‘yiladigan
talablar (mutaxassislar uchun)

Yoshi 17- 40 yosh

Ingliz tilini bilish darajasi intermediate va undan yuqori

Soft and computer Skills

Ko‘p beriladigan savollar

  • BPO (ingliz tilidan Business Process Outsourcing). Biznes jarayonlari autsorsingi – tashkilot o‘z biznes jarayonlarining ma’lum bir qismini tashqi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga (“autsors” kompaniyalar deb ham ataladi) shartnoma asosida topshirishi. Biznes jarayonlari autsorsingi – autsorsingning eng chuqur shakli sifatida mijoz va xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasida yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.

  • Jihozlar narxi 50 dan 100 ming AQSH dollarigacha

  • Oxirgi test sinovlari natijalariga ko‘ra, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar dastlabki 6 oyga 3 000 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha oylik maosh bilan ishga qabul qilinadi.

  • Ish vaqti smenalar bo‘yicha belgilanadi: 7:00-17:00; 17:00-3:00; 3:00-13:00.

  • Keng polosali Internet tezligi 300 Mbit/s.

    • Faqat biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini Ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;
    • Tovarlar va xizmatlarni amalga oshirishda, shuningdek royaltidan, qo‘shma faoliyatdan va kurs farqidan daromad olishda, ro‘yxatga muvofiq faoliyatni amalga oshirishda soliq imtiyozlaridan foydalanish;
    • Bojxona imtiyozlaridan foydalanish;
    • Ro‘yxat (havola)ga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilash;
    • IT-Park tovar belgisidan yoki xizmat ko‘rsatish belgisidan, shu jumladan, uni blankalarda, kompaniya belgilarida, tashrif qog‘ozlarida, reklama materiallarida joylashtirishda “IT-Park rezidenti” belgisidan majburiy ravishda foydalanish;
    • biznes-rejani o‘zgartirish va to‘ldirish hamda tasdiqlash uchun IT-Parkga taqdim etish;
    • eksport qilinadigan xizmatlarga ular uchun qulay bo‘lgan to‘lov shartlari va shakllarini hamda hisob-kitoblarni qo‘llash;
    • tovarlar (ish va xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xalqaro to‘lov kartalariga xorijiy valyutada dividendlar to‘lash;
    • tovarlar (ish va xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarga ish haqini xorijiy valyutada xalqaro to‘lov kartalariga to‘lashni amalga oshirish;
    • onlayn-do‘konlar orqali eksport shartnomasisiz eksportni amalga oshirish;
    • vakolatli organlar ruxsatnomasisiz xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
  • IT-Park rezidenti maqomini olish uchun: O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish; IT-Park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga muvofiq faoliyat turini (turlarini) amalga oshirish (havola); IT Market portalida iqtisodiy jihatdan asosli biznes-rejani taqdim etish;
  • Rezident quyidagi huquqlarga ega:
    • Faqat biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini Ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;
    • Tovarlar va xizmatlarni amalga oshirishda, shuningdek royaltidan, qo‘shma faoliyatdan va kurs farqidan daromad olishda, ro‘yxatga muvofiq faoliyatni amalga oshirishda soliq imtiyozlaridan foydalanish;
    • Bojxona imtiyozlaridan foydalanish;
    • Ro‘yxat (havola)ga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilash;
    • IT-Park tovar belgisidan yoki xizmat ko‘rsatish belgisidan, shu jumladan, uni blankalarda, kompaniya belgilarida, tashrif qog‘ozlarida, reklama materiallarida joylashtirishda “IT-Park rezidenti” belgisidan majburiy ravishda foydalanish;
    • biznes-rejani o‘zgartirish va to‘ldirish hamda tasdiqlash uchun IT-Parkga taqdim etish;
    • eksport qilinadigan xizmatlarga ular uchun qulay bo‘lgan to‘lov shartlari va shakllarini hamda hisob-kitoblarni qo‘llash;
    • tovarlar (ish va xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xalqaro to‘lov kartalariga xorijiy valyutada dividendlar to‘lash;
    • tovarlar (ish va xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarga ish haqini xorijiy valyutada xalqaro to‘lov kartalariga to‘lashni amalga oshirish;
    • onlayn-do‘konlar orqali eksport shartnomasisiz eksportni amalga oshirish;
    • vakolatli organlar ruxsatnomasisiz xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
  • Har bir xodim bilan rasmiy mehnat shartnomasi tuziladi.

Eng muhimi
O‘zbekiston – IT-kompaniyalar uchun
imkoniyatlar mamlakati